🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
“JADIDLAR — KELAJAK AVLOD UCHUN IBRAT MAKTABI”
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida nuroniy otaxon va onaxonlar iștirokida “Ma’rifatparvar jadidlar” loyihasi doirasida “Jadidlar — kelajak avlod uchun ibrat maktabi” mavzusida davra suhbati tașkil etildi.
Tadbir davomida jadid bobolarimizning ma’rifat, ilm-fan, millat taraqqiyoti va yoș avlod kamoloti yölida olib borgan fidokorona faoliyati haqida söz yuritildi. Ularning Vatan ravnaqi, xalqni ilmli va ziyoli qiliș, milliy özlikni anglaș hamda ma’naviyatni yuksaltiriș yölidagi ezgu ğoyalari alohida ta’kidlandi.
Nuroniy otaxon va onaxonlar jadidlarning hayot yöli, jasorati, ma’rifatparvarlik qarașlari haqida öz fikr va mulohazalarini bildirib, yoș avlodni bilim olișga, kitobxonlikka, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaș muhimligini ta’kidladilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrașuvlar tariximizni chuqur anglaș, jadidlar merosini qadrlaș va ularning ezgu ğoyalarini kelajak avlodga yetkazișda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jadidlar merosi — millatning ma’rifat yöli, kelajak avlod uchun bebaho ibrat maktabidir.