«Nur borki, soya bor» romanida adib inson taqdiri, uning hayot va mamot oʻrtasidagi oniy lahzalik davr mobaynida boshidan kechirgan tuygʻularini yorqin boʻyoqlarda tasvirlab bergan. Tiriklik atalmish daryo oʻzanida hamma qatori birdek oqish kerakmi yoki aksincha, oqimga qarshi suzib, haqiqat uchun kurashish kerakmi? Mana shunday savollarga javob topish mumkin boʻlgan, koʻngilga yaqin bu asar sizni oʻylashga, fikrlashga chorlaydi. Sherzod ham jurnalist, ham xalq dardi bilan yashaydigan, haqparastlikni oʻziga shior qilib olgan yigit. Kitobni oʻqir ekansiz, bu yigitni yaxshi koʻrib, uning dard-u oʻylariga sherik boʻlib, mutolaa zavqidan bahramand boʻlasiz.
1945 yil bahor. Gitlerchilar Germaniyasining so‘nggi kunlari. Fashizim o‘lim yoqasida yotibdi, ammo kurash tugaganicha yo‘q. Daxshatli, shiddatli kurash hali davom yetmoqda. Ushbu romanda ana shunday vaziyatda dushman uyasida ish ko‘rgan ayg‘oqchi Maksim Isayev haqida hikoya qilinadi. Uning zimmasiga yuklangan vazifa — fashistlarning G‘arb mamlakatlari boshliqlari bilan separad sulh tuzishga urinishlarini fosh yetish va barbod qilishdan iborat bo‘lib, bu mashaqqatli vazifani sharaf bilan bajaradi.
1812 yilda Rossiyaning Napoleon qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaqa va sinflarni dushmanga qarshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi ongidagi ana shu uyg‘onishga murojaat etishi «Urush va tinchlik» romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o‘tadi.
Kichik oʻzgarishlar, katta natijalar! New York Timesʼning birinchi raqamli bestselleri. Dunyo bo'ylab 2 yilda 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan!
Atoqli nemis yozuvchisi Erix Mariya Remark ijodi bilan kitobxonlarimiz uning "Uch og‘ayni" romani orqali tanishganlar. Mana endi adibning yana bir mashhur romanini e’tiboringizga havola qilayotirmiz. Mazkur asarda birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar orqali urush dahshatlarini boshdan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chil-parchin bo‘lgan butun bir avlodning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan.
“Chinor” asari bir o‘zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu maʼnoda “tagli-zotli”. Uning har bir aʼzosi xalq hayotida maʼlum bir masʼuliyatli yukni o‘z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz ramzidir. Oila boshi Ochil buva safari bilan shartli ravishda o‘zaro bog‘langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy-estetik fikrni oldinga suradi. Hikoyalar va rivoyatlar esa bu fikrlarni quvvatlab, yana-da mustahkamlaydi.
«Sohil yoqalab chopayotgan olapar», «Oq kema» hamda «Sarvqomat dilbarim» kabi mashhur qissalardan iborat ushbu kitob Chingiz Aytmatov ijodining eng sermahsul davridan dalolatdir. Har uchala asar jonli tasvir va hikoyachilik jihatidan o‘quvchi diqqatini butkul o‘ziga tortadi. Birinchi marta chinakam ovchilar bilan dengizga chiqqan Kirisk ovdan nega yolg‘iz qaytdi? Oqsoqol O‘rxonning xayoli, Milxunning g‘azabi va otasining qatʼiy qarori o‘n bir yoshli Kirisk hayotini qanchalik o‘zgartirdi? Yoki nabirasiga Shoxdor ona bug‘u haqida rivoyat aytib, o‘zlarining bosh bo‘g‘ini deya ishontirgan, og‘ir vaziyatlarda qabiladoshlarini faqat Ona bug‘ugina asray oladi, degan Mo‘min chol nega o‘z qarashlariga qarshi chiqdi? Ona bug‘uni ovlab, ziyofat qilishga cholni nima majbur qildi? «Sarvqomat dilbarim» esa bir muhabbat haqida ikki taqdir hikoyasidan iborat. Ammo bir qarashda, bir uchrashuvda o‘z sevgisini topgan Ilyos nega pok sevgisini xiyonatga almashtirdi? Yillar o‘tib o‘g‘lini topganda nega otasi ekanligini aytolmaydi? Asar davomida yana bir muhabbat tarixidan ogoh bo‘lasiz.
"Kecha va kunduz" XX asr o'zbek realistik adabiyotining yetuk namunasi. Asarda o'zbek xalqining o'tmishdagi eng og'ir damlari qalamga olingan. Zero, inson qismatiga befarqlik bilan qarashdan zulm dunyoda yo'q. Cho'lpon mana shu zulmga qarshi kurashdi. Zebi obrazi orqali insonning yetuk yaratiq ekanligini, u eng go'zal qismatga munosib ekanligini ko'rsatib berdi.
Abdulla Qodiriyning "O‘zbek romanchiligi asoschisi" sifatida tan olinishiga sabab bo‘lgan ushbu asar voqealar tariximizning bir ko‘rinishi, muallif taʼkidlaganidek o‘zbeklar turmushidan tarixiy romandir. Sevgi kimlarni yig‘latib, kimlarni kuydirmagan deysiz. Sharq adabiyoti durdonalaridan hisoblanmish mazkur asarda muhabbat o‘zgacha badiiy talqin qilinadi. Shuningdek, vatanparvarlik, olijanoblik, vafo va xiyonat, havas va hasad, zamon taloto‘plari tilga olinadi. Ham tarixiy, ham adabiy chizgilar, shoirona go‘zal so‘zlar, betakror tasviriy ifodalar, asar qahramonlari tilidan aytilgan va bugungi kun yoshlarining tilida ham sevgi iboralariga aylanib qolgan otashin so‘zlar... shubhasiz aytish mumkinki, asarni o‘qimaslikning , qayta-qayta mutolaa qilmaslikning iloji yo‘q.
Abdulla Qodiriy nomini yod etarkanmiz, ko'z oldizmizda o'zbek adabiyotida romanchilik maktabiga asos solgan buyuk siymo gavdalandi. Adibimizning milliy adabiyotimiz oldidagi ulkan xizmati har tomonlama beqiyosdir. Qo'lingizdagi muallifning "Mehrobdan chayon" asari yozilganiga qariyb bir asr bo'lgan ersa-da, roman hamon mutolaasevarlarning sevimli asarlaridan biri bo'lib kelmoqda. Shu bois bugun siz, aziz kitobxonni, Anvar va Ra'noning badiiy bo'yoqlarda tarannum etilgan sof muhabbatiga yana bir bor oshno bo'lishga taklif etamiz.
Abdulla Qahhorning “Sarob” romanini o‘zbek va qardosh xalqlarning bir qancha adiblari o‘zlari uchun mahorat maktabi, deb bilganlar. Asardagi chuqur psixologik tahlil namunalaridan, xarakter va holat yaratish usullaridan, syujet va kompozitsion yaxlitlikka erishish yo‘llaridan, ayniqsa, badiiy tilning jozib tovlanishidan saboq olganlar va olmoqdalar.
O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov mustaqillik yillarida yaratgan yirik hajmdagi asarlaridan biri, shubhasiz, bu - “Sohibqiron” sheʼriy dramasidir. Mazkur drama Respublikamizning so‘ngra ko‘p o‘tmay qo‘shni xalqlar teatr sahnalarida birin-ketin qo‘yilgan va tez orada mashhur bo‘lib ketgan edi.
E'tiboringizga xavola kilinayotgan ushbu kitobda bugungi kunda yurtimizda yangi Uzbekistonni va uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub uzgarish va isloxotlarning maksadi, mazmun-moxiyati xamda ustuvor yunalishlari, mamlakatimiz - ning zamonaviy demokratii kiyofasi kanday yaratilayotgani, davlati - mizni yangi rivojlanish boskichiga kutarish uchun belgilab olingan strategik yul, milliy tarakkiyotimiz istikbollari xakida atroflicha fikr yuritiladi.