“Hukmdor” – Yevropa uyg‘onish davrida yashagan florensiyalik diplomat va faylasuf Nikkolo Makiavellining mashhur asaridir. U o‘zining ushbu asarini Florensiya hukmdori Lorenso de Medichiga bag‘ishlagan. Kitobning so‘zboshisi hukmdorga yozilgan qisqa maktubdir va unda muallif yozish uchun o‘z sabablarini tushuntiradi. Mazkur asar hukmdorlarning hokimiyatni qo‘lga kiritish va uni saqlab qolish strategiyalarini o‘rganuvchi siyosiy risoladir. Asarda yetakchilik, siyosiy realizm kabi boshqaruvga oid muhim mavzular o‘rganilgan. Makiavelli ushbu asarida davlat ishlari bo‘yicha ko‘p yillik tajribasi, o‘qib-o‘rganishi, turli tarixiy va zamonaviy hukmdorlarning yutug‘i va kamchiliklarini kuzatishi natijasida olgan bilimlarini, hukmdorlarga, siyosatchilarga samarali boshqaruv uchun zarur bo‘lgan maslahat va yo‘l-yo‘riqlarni qo‘llanma sifatida taqdim etgan.
Asarda Usmoniylar davlatining eng mashhur admirallaridan bir Xayriddin podsho haqida hikoya qilinadi. Asli ismi Hizr bo‘lgan ushbu admiral Usmoniylar davlatining O‘rta yer dengizidagi hukmronligini shunchalar kuchaytirganki, ayrim tarixchilar O‘rta yer dengizini "Turk ko‘li» deb atay boshlagan edi. Xayriddin podsho Jazoirni ispanlardan himoya qildi, imperator Karl V va genuyalik mashhur admiral Andrea Doriga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. "Afsona»da Xayriddin podshoning muzaffar yurishlaridan tashqari granadalik amirzoda Said Murodiyning boshidan o‘tkazgan sarguzashtlari, uning orzulari va armonlari, quvonchlari va iztiroblari haqida ham o‘qiysiz.
Qotillik mudhish jinoyat, hatto qurbon axloqsiz va subutsiz kimsalar bo‘lsa ham. O‘zga inson hayotiga qasd qilgan kishi esa jamiyatning nafratiga sazovordir. Qotillik tamg‘asi shu qadar og‘ir yukki, u kishini hayotning bor quvonchlaridan mosuvo etadi. Nemis adibi Vilhelm Raabe qalamiga mansub “Sirli qotillik qissasi” asarida kitobxon qotillikda gumon qilingan kishining mana shunday baxtsizligiga guvoh bo‘ladi. “Qizil xandaq”ning marhum xo‘jayini butun umr jamiyat nafratini his etib, tanholikda yashadi. Xo‘sh, aslida ham jinoyatni u amalga oshirgan edimi? Har holda, rad etib bo‘lmas ikki dalil odamlarni shunday gumonga boshlardi. Qotil aslida kim edi? Bu qasddan rejalashtirilgan qotillik edimi yoki baxtsiz tasodif? Nega “Qizil xandaq”ning yangi xo‘jayini asl qotilning iqrorini tinglagan bo‘lsa-da, marhum qaynotasi sha’niga yog‘ilgan tuhmatni bartaraf etishni uzoq yillar davomida paysalga solib keldi?
"Men ushbu kundalikdagi har bir bitikni, har bir jumlani muallif bosib o‘tgan yo‘lning yo‘lko‘rsatkichlaridek qabul qilaman. Bu nazmiy nasrning boshqa ko‘plab tillarga tarjima qilinayotganining asosiy sababi ham uning tirik satrlardan iboratligidadir. Yaqinda Vetnam tiliga tarjima qilingan ushbu kitob o‘quvchilar qalbida muhabbat uyg‘otishiga ishonaman! Vetnam shoiri Duong Tuongning shunday satri bor: «Ko‘z yoshlar chetida turibman..» Mazkur kundalik ham shoira Xosiyat Rustamning «ko‘z yoshlar chetida» turganini ko‘rsatadi. Uning ko‘z yoshlarining har tomchisi she’rga aylangan muhabbatdir! Buning sababi shundaki, Xosiyat Rustam butun koinotni Adabiyot deb biladi va butun insoniyatda adabiyotga mehr uyg‘otish, o‘z uyi va Vataniday sevishga chorlaydi!"
Ushbu saylanma Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyevaning turli yillarda turli toʻplamlarda chop etilgan sheʼr, doston, balladalaridan iborat. Undagi sheʼriy asarlarda Vatan, erk, adolat, ayollar, sevgi va sadoqat kabi mavzular ilgari suriladi.
Hikoya. Ramazon va uning do'stlari haqidagi voqealar aks etgan hikoyada sodda o'zbek yigitining boshidan kechirganlarini ko'rish mumkin.
Markes o‘zining bu kitobi haqida shunday yozadi : "Yozganlarimning ichidan "Yolg‘izlikning yuz yili" romanini chiqarib, yoqib tashlagan bo‘lardim. Men bu kitobni yozganimdan uyalaman, menga ma’lum sabablarga ko‘ra, uni yaxshilab yozishga vaqt yetmadi". Ammo yozuvchi o‘zidan qanchalik ko‘ngli to‘lmasin, asar dunyo adabiyotida tub burilish yasadi. Chunki Markesgacha insoniyatni muqarrar yolg‘izlikka giriftor qilgan baxtsizlik sabablari hali adabiyotning bosh mavzusiga aylanmagan edi.
"Navro'znoma" faqatgina tarixning obidasi bo'lib qolmay, asrlar osha umumxalq bayrami hisoblanmish Navro'zi olam madh etilgan asar. Ayniqsa, ushbu kitobning to'ldirib tayyorlangan uchinchi fasli xayyomshunos ijodkorlarning Umar Xayyom va "Navro'znoma" haqidagi ko'plab qiziqarli maqolalarini o'z ichiga qamrab olganligi bilan nihoyatda keng ahamiyat kasb etadi. Risola keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
"Yashil qal'adagi Anna" - kanadalik yozuvchi Lyusi M. Montgomerining mashhur asarlaridan biri bo'lib, unda o'n bir yoshli yetim qiz - Anna Shirleyning Katbortlar oilasiga xatolik sabab yuborilishi bilan butun hayoti o'zgarib ketgani haqida hikoya qilinadi. Asosan maktab yoshidagi o'quvchilarga mo'ljallangan ushbu seriyali kitoblarimiz orqali jahon adabiyotining nodir asarlarini siz kitobxonlarga yetkazmoq niyatidamiz. Mutolaa zavqi barchangizga hamroh bo'lsin.
William Shakespeare was an English poet, playwright, and actor. He was born on 26 April 1564 in Stratford-upon-Avon. His father was a successful local businessman and his mother was the daughter of a landowner. Shakespeare is widely regarded as the greatest writer in the English language and the world's pre-eminent dramatist. He is often called England's national poet and nicknamed the Bard of Avon.