— 17.11.2026

MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!

👁 33 marta ko'rilgan
MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!
MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!
MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!
MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!
1 / 4

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazining 7-sonli ko‘chma kutubxona xodimi tomonidan 19-sonli umumta’lim maktabida oʻrta sinf o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan «Muqaddasdir Vatan bayrog‘i» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga Davlat bayrog‘imizning yaratilish tarixi, undagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, sadoqat va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

🇺🇿 Bayrog‘imiz — g‘ururimiz, faxrimiz va mustaqilligimiz timsolidir!

Hilpirayver, ozod yurtim bayrog‘i!

← Ro'yxatga qaytish