🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
📚 INSON HUQUQLARI DAVLAT HIMOYASIDA
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash maqsadida hududlarda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan Xonqa tumani IIB Probatsiya guruhi tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar ishtirokida “Inson huquqlari davlat himoyasida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Xorazm viloyati hududiy filiali xodimlari ham ishtirok etib, tadbir qatnashchilariga tadbirkorlik, kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash va o‘z biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida ma’lumotlar berdilar.
📚 Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan esa kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlardan foydalanish, elektron kitoblar bilan tanishish hamda mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.