— 21.10.2026

🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

👁 197 marta ko'rilgan
🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Bugun, 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil to‘ldi.

Dunyoda yetti mingga yaqin til va lahjalar bor. Ularning faqat ikki yuzga yaqini Davlat tili maqomiga ega. Ana shu tillar orasida "O‘zbek tili" ham borligidan haqli ravishda faxrlanamiz.

Til buyuk ajdodlarimizdan meros milliy qadriyat, tafakkur qurolidir. Tafakkurimiz mahsulini namoyon etish til vositasida amalga oshiriladi. Quvonch-u shodligimizni ham, g‘am-tashvishimizni, reja-yu muammolarimizni ham ifoda etadigan vosita tilimiz hisoblanadi. Mehrimizni, qahrimizni, xayrixohligimiz yo nafratimizni til yordamida bayon etamiz. Tilimizning bebaho ne’mat ekanligi avvalo ana shunda.

Til – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi.

Barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

← Ro'yxatga qaytish