🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
📚 TIL — MILLAT KO‘ZGUSI!
🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil!
Xonqa tuman axborot-kutubxona markazida Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 27-son umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda Nuroniylar jamg‘armasi bilan hamkorlikda 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📖 Ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni saqlashdagi beqiyos o‘rni, uning boyligi va jozibasini asrab-avaylash, yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat va muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish haqida so‘z yuritildi.
🎭 Tadbirning badiiy qismida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🌿Ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada oshirish, asrab-avaylash hamda yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat qildi.
💚 Ona tilimiz — millatimiz faxri!