— 14.10.2026

📚 ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI MA’NAVIY XAZINA!

👁 118 marta ko'rilgan

1 / 6

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

📚 ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI MA’NAVIY XAZINA!

📖 Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida nuroniy keksalarimiz ishtirokida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

✨ Taqdimot davomida yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, adibning eng mashhur va kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan asarlaridan biri — “Oydinda yurgan odamlar” qissasining mazmun-mohiyati, bosh qahramonlari va voqealari izchil bayon etildi.

📚 Asar orqali insoniy mehr-muhabbat, sadoqat, sabr-toqat, orzu-umid va o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari haqida fikr yuritildi. Taqdimot ishtirokchilari asarda aks etgan hayotiy voqealar, inson qalbining nozik kechinmalari va oilaviy qadriyatlar xususida mulohazalar bilan o‘rtoqlashdilar.

🌿 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar nuroniylarimiz bilan samimiy muloqotni mustahkamlash, milliy adabiyotimizga bo‘lgan mehrni oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kitob — qalbga nur, tafakkurga qanot! 📖✨

← Ro'yxatga qaytish