— 09.10.2026

📚 “ONA MEHRI VA KITOB SEHRI”

👁 87 marta ko'rilgan
📚 “ONA MEHRI VA KITOB SEHRI”
📚 “ONA MEHRI VA KITOB SEHRI”
📚 “ONA MEHRI VA KITOB SEHRI”
📚 “ONA MEHRI VA KITOB SEHRI”
📚 “ONA MEHRI VA KITOB SEHRI”
📚 “ONA MEHRI VA KITOB SEHRI”
📚 “ONA MEHRI VA KITOB SEHRI”
📚 “ONA MEHRI VA KITOB SEHRI”
1 / 8

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

📚 “ONA MEHRI VA KITOB SEHRI”

📖 Bog‘chalarda ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi

Xonqa tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxon ona va kitobxon bola loyihasi doirasida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularda kitobga mehr uyg‘otish hamda ona mehrining beqiyos ahamiyatini anglatish maqsadida “Ona mehri va kitob sehri” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

🌸Davra suhbatlari davomida bolajonlarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning foydasi, ona mehrining qadri va oiladagi tarbiyaning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Tarbiyachilar tomonidan bolalarga turli ertak va hikoyalar o‘qib berilib, ularning mazmuni yuzasidan samimiy suhbatlar olib borildi. 📚

Shuningdek, bolajonlar sevimli kitoblari bilan tanishib, o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdilar. Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida mehr-oqibat, odob-axloq, ezgulik va kitobga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.

✨ Zero, ona mehri qalbni ulg‘aytirsa, kitob sehri tafakkurni yuksaltiradi!

#OnaMehriVaKitobSehri #Kitobxonlik #MaktabgachaTalim #MaNaviyat #Bolajonlar 📚❤️

← Ro'yxatga qaytish