🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
“Mushoira — she’riyat qalb mulki”
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markaziga qarashli 5-son kochma kutubxonasi va 18-son maktab oquvchilari bilan hamkorlikda yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, she’riyatga mehr uyg‘otish maqsadida «Mushoira — she’riyat qalb mulki» mavzusida she'rxonlik kechasi tashkil etildi.
Tadbir davomida she’riyatning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni, o‘zbek adabiyotining boy merosi va shoirlar ijodining tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tomonidan o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalarining she’rlari ifodali o‘qildi. She’riy chiqishlar, adabiy suhbatlar va fikr-mulohazalar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Mushoira jarayonida she’riyat inson qalbini go‘zallikka oshno etishi, ezgulik, mehr-muhabbat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirishi ta’kidlandi. Ishtirokchilar o‘zlarining sevimli she’rlaridan namunalar keltirib, adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.