— 09.02.2026

“Ikki buyuk siymo” — adabiy-ma’rifiy kecha

👁 55 marta ko'rilgan

1 / 5

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

📚 “Ikki buyuk siymo” — adabiy-ma’rifiy kecha

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 27-son umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Ikki buyuk siymo” nomli adabiy-musiqali kecha tashkil etildi.

Tadbir davomida Bobur va Navoiyning boy adabiy merosi, ularning ilmiy, ma’naviy va ijtimoiy qarashlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Buyuk siymolarning asarlaridan parchalar o‘qilib, o‘quvchilar tomonidan she’rlar ijro etildi, musiqiy chiqishlar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Mazkur adabiy kecha yosh avlod qalbida milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish, buyuk ajdodlarimiz ijodini chuqurroq anglashga xizmat qildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.

📖 Buyuk siymolar merosi — kelajak avlod uchun bebaho ma’naviy xazina!

#IkkiBuyukSiymo

← Ro'yxatga qaytish