— 28.09.2026

O‘quv seminari tashkil etildi

👁 111 marta ko'rilgan
O‘quv seminari tashkil etildi
O‘quv seminari tashkil etildi
O‘quv seminari tashkil etildi
O‘quv seminari tashkil etildi
O‘quv seminari tashkil etildi
O‘quv seminari tashkil etildi
O‘quv seminari tashkil etildi
O‘quv seminari tashkil etildi
1 / 8

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

2026-yil 28-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

📹 Unda Milliy kutubxona tasarrufidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari ham Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.

Jumaladan Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishdi.

🇺🇿 Seminar avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

📌 Milliy kutubxona direktori o‘rinbosari Nasiba Xoldorova so‘zga chiqib mustaqillik yillarida qonunchilik va huquqiy siyosat sohasida amalga oshirilgan islohotlar, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni qayd etdi. Jumladan, mamlakatimiz rahbarining inson qadri, ta'lim, yoshlar, ilm-fan va jamiyat taraqqiyotiga qaratilgan e'tibori alohida e'tirof etildi. “Biz kutubxonachilar sifatida yurtboshimizning bayram tantanasida so‘zlagan nutqi mohiyatini keng targ‘ib etishimiz, oilada, jamoatchilikda, ish joylarimizda aholiga, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazishimiz kerak, zero unda nafaqat o‘tgan yillar sarhisobi, balki istiqboldagi rejalarga doir muhim fikrlar mujassam”, - dedi N.Xoldorova.

📝 Seminar davomida tarix fanlari doktori F.Ochilovning inson qadri, 35 yillik islohotlar, erkinlik, bilim, sog‘lik va yoshlar masalasiga bag‘ishlangan “Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va ma'naviy meros” hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bosh mutaxassisi P.Norqobilovaning “Milliy yuksalish o‘n yilligi: yetti milliy dastur yaxlit tizim sifatida” mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi. Ma'ruzachilar Prezidentimiz nutqining mohiyatan inson qadri va erkin hayoti, milliy qadriyatlari va kelajagimizga egalik qilish tuyg‘usi orqali talqin etilganini, xalqimizning ko‘p asrlik davlatchilik tarixi, ajdodlarimiz, jadidlarimizning ozodlik va taraqqiyot yo‘lidagi intilishlari alohida yodga olinganini ta'kidladilar.

🎞 Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarga bag‘ishlangan videorolik hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tayyorlangan “O‘zbek kelayotir tarix qa'ridan” videoklipi namoyish etildi.

← Ro'yxatga qaytish