— 21.09.2026

🇺🇿🤝🇹🇷 Adabiyot chegaralarni bilmaydi!

👁 111 marta ko'rilgan
🇺🇿🤝🇹🇷 Adabiyot chegaralarni bilmaydi!
🇺🇿🤝🇹🇷 Adabiyot chegaralarni bilmaydi!
🇺🇿🤝🇹🇷 Adabiyot chegaralarni bilmaydi!
🇺🇿🤝🇹🇷 Adabiyot chegaralarni bilmaydi!
🇺🇿🤝🇹🇷 Adabiyot chegaralarni bilmaydi!
🇺🇿🤝🇹🇷 Adabiyot chegaralarni bilmaydi!
🇺🇿🤝🇹🇷 Adabiyot chegaralarni bilmaydi!
🇺🇿🤝🇹🇷 Adabiyot chegaralarni bilmaydi!
🇺🇿🤝🇹🇷 Adabiyot chegaralarni bilmaydi!
1 / 9

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

🇺🇿🤝🇹🇷 Adabiyot chegaralarni bilmaydi!

Bugun Xorazm yana bir go‘zal adabiy uchrashuvga mezbonlik qildi. Turkiyadan tashrif buyurgan ijodkorlar — Ulviye Küccük va Kadriye Kırdök Xonqa tumanining tarixiy va madaniy muhitini yaqindan his qilish maqsadida Xonqa tumani Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar. 📚✨

Mehmonlar dastlab markazimizning kitoblar bilan to‘la maskani — kutubxona bilan tanishib, uning faoliyati, kitob fondi va kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga qiziqish bildirdilar.

Ammo tashrifning eng qiziqarli manzillaridan biri — “O‘lkashunoslik muzeyi” bo‘ldi. 🏛

Bu yerda mehmonlar Xonqaning uzoq tarixidan so‘zlovchi eksponatlar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va ajdodlarimizdan qolgan boy madaniy meros bilan tanishdilar.

📖 Bir tomonda — kitoblar, bir tomonda — tarix.

Mehmonlar uchun bu tashrif Xonqaning nafaqat buguni, balki kechagi kuni bilan ham yaqindan tanishish imkonini berdi.

← Ro'yxatga qaytish