🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”
📚 “El tinchligi — yurt boyligi”
Xonqa tumani axborot-kutubxona markaziga qarashli **8-son ko‘chma kutubxonasi** xodimi hamda “Vatanparvar” mahallasi nuroniylari, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchisi hamkorligida 48-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida **“Uch avlod uchrashuvi”** mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🤝 Tadbir davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, milliy qadriyatlarimiz, yurt tinchligi va kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni haqida qimmatli fikrlarini bildirdilar.
📖 Yosh avlodga bilim olish, Vatanga munosib farzand bo‘lish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda kitobni o‘ziga do‘st tutinish borasida hayotiy maslahatlar berildi.
🌱 "Bugungi avlod — ertangi kun bunyodkori. Uni bilim, tarbiya va kitob bilan kamol toptirish barchamizning vazifamizdir!"
#XonqaAKM #UchAvlodUchrashuvi #ElTinchligiYurtBoyligi #Kitobxonlik #Yoshlar #VatanparvarMahallasi