🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
📚 **KITOB KONFERENSIYASI**
Xonqa tumani axborot-kutubxona markaziga qarashli **7-son ko‘chma kutubxonasi** xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirokida Jerom Selinjerning **“Javdazordagi xaloskor”** romani yuzasidan kitob konferensiyasi tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida asar bosh qahramoni **Xolden Kolfild**ning ruhiy kechinmalari, o‘smirlik davridagi muammolari, inson va jamiyat munosabatlari, shuningdek, jamiyatdagi **samimiyat va soxtalik** masalalari atroflicha muhokama qilindi.
💬 Faol kitobxonlar roman yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, asar qahramonlarining xarakteri va voqealar rivoji haqida qizg‘in **adabiy bahs-munozara** olib bordilar.
📚 Bunday tadbirlar kitobxonlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
✨ **Kitob — inson tafakkurini boyituvchi, qalbini tarbiyalovchi bebaho manba!**
#XonqaAKM #KitobKonferensiyasi #Kitobxonlik #Mutolaa #JavdazordagiXaloskor