🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
📚 **“Kitob — millat tayanchi, kelajak poydevori”**
Bugun Xonqa tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari ishtirokida **“Kitob — millat tayanchi, kelajak poydevori”** mavzusida davra suhbati hamda qiziqarli **savol-javob kechasi** tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida kitob va mutolaaning inson hayotidagi o‘rni, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda badiiy adabiyotning ahamiyati haqida fikr almashildi.
❓ Savol-javoblar davomida o‘quvchilarning kitobxonlikka oid bilimlari sinovdan o‘tkazilib, faol ishtirokchilar o‘z bilim va mulohazalarini namoyon etdilar.
🌱 **Kitob — tafakkur manbai, millat ma’naviyatining tayanchi va kelajak sari mustahkam poydevordir!**
#Kitob #Mutolaa #Kitobxonlik #XonqaAKM #KitobMillatTayanchi