— 08.09.2026

“Yana Oltiariq hangomalari”

👁 63 marta ko'rilgan
“Yana Oltiariq hangomalari”
“Yana Oltiariq hangomalari”
“Yana Oltiariq hangomalari”
“Yana Oltiariq hangomalari”
“Yana Oltiariq hangomalari”
“Yana Oltiariq hangomalari”
1 / 6

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

“YANA OLTIARIQ HANGOMALARI” — KITOB TAQDIMOTI

Xonqa tuman axborot-kutubxona markazida bolalar kitobxonligini oshirish, yosh avlodni badiiy adabiyotga qiziqtirish maqsadida taniqli bolalar adibi Anvar Obidjonning “Yana Oltiariq hangomalari” kitobiga bag‘ishlangan qiziqarli kitob taqdimoti tashkil etildi.

Tadbir davomida yosh kitobxonlarga adibning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar berilib, “Yana Oltiariq hangomalari” asarining mazmun-mohiyati, undagi qiziqarli voqealar va tarbiyaviy jihatlar haqida suhbat olib borildi.

📖Yosh kitobxonlar kitobdan parchalar o‘qib, o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdilar. Taqdimot davomida bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishi va mutolaa madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

📖 Kitob — bolalikning eng yaxshi hamrohi!

✨ Mutolaa qilgan bola — kelajakka dadil qadam qo‘yadi!

← Ro'yxatga qaytish