🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
📚 «Biz — kitobxon oilamiz!» tanlovi kutubxonamizda boʻlib oʻtdi!
Aholi oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oilalarda mutolaa muhitini mustahkamlash va maʼnaviy qadriyatlarni ulugʻlash maqsadida kutubxonamizda «Biz — kitobxon oilamiz!» tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda ishtirokchi oilalar kitobxonlik maxoratini namoyish etib, oʻzbek va jahon adabiyoti hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga oid bilimlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
✨ Tanlovning asosiy maqsadi:
Oilalarda kitob oʻqish madaniyatini keng ommalashtirish;
Yoshlar va kattalar oʻrtasida kitobga boʻlgan qiziqishni qoʻllab-quvvatlash;
Kitobxonlik orqali mehr-oqibat, odob-axloq va maʼnaviy qadriyatlarni kamol toptirish.
Ishtirok etgan barcha kitobxon oilalarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Sizning kitobga boʻlgan mehr va intilishingiz barchamiz uchun namuna.
Quyida tadbirdan tayyorlangan fotolavhalarni havola etamiz 📸👇
#BizKitobxonOilamiz #Kitobxonlik #Kutubxona #KitobOqaylik #Ma_naviyat #Mutolaa