🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
📚 “Ma’naviyat – jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni”
Bugun kutubxonamizda o‘zbek milliy qadriyatlari, an’analari va ma’naviy merosimizni tarannum etuvchi kitoblar va tasviriy materiallar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada:
✨ ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlar,
📖 ma’naviyat va tarbiya haqidagi nodir asarlar,
🎨 milliy ruhni aks ettiruvchi rasmlar va manbalar o‘rin oldi.
Mazkur ko‘rgazma yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy dunyoqarashni boyitish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Barchani ko‘rgazma bilan tanishishga chorlaymiz!
📍 Manzil: Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi
🕘 Vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
#Maʼnaviyat #MilliyQadriyatlar #Kutubxona #Kitobxonlik #MaʼnaviyMerosi