— 06.08.2026

📍 Yoshlar kuni doirasida IT PARKga tashrif

👁 58 marta ko'rilgan

1 / 7

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

📍 Yoshlar kuni doirasida IT PARKga tashrif

Yoshlar kuni munosabati bilan Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi direktori hamda kutubxona xodimlari IT PARKga tashrif buyurib, "Innovatsiyalar, sun'iy intellekt va robototexnika kuni" doirasida tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ChatGPT, Gemini va boshqa zamonaviy sun'iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, ular yordamida tahliliy hisobotlar, taqdimotlar hamda turli axborot materiallarini tayyorlash bo'yicha amaliy master-klasslar o'tkazildi.

Shuningdek, IT PARK mutaxassislari ishtirokida "Sun'iy intellekt va kelajak kasblari" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'lim va kutubxonachilik sohasidagi o'rni, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda kelajakda talab yuqori bo'ladigan kasblar haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi.

Mazkur tashrif kutubxona xodimlarining raqamli texnologiyalar bo'yicha bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlash, zamonaviy innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda yoshlarni IT va sun'iy intellekt sohalariga qiziqtirishga xizmat qildi.

✨ Kelajak bilim va texnologiyalar bilan bunyod etiladi!

#YoshlarKuni #ITPark #SuniyIntellekt #Innovatsiya #ChatGPT #Gemini #XonqaAKM #RaqamliTexnologiyalar

← Ro'yxatga qaytish