🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
Bugun Durgadik mahallasida yoshlar uchun kompleks tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida madaniy-ma’rifiy dasturlar, bandlik yarmarkasi, sport musobaqalari, robototexnika mashg‘ulotlari hamda yosh rassomlarning ijodiy ko‘rgazmalari o‘tkazildi.
Bundan tashqari Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar yarmarkasi va koʻrgazmalari ham tashkil qilinib, yoshlar va qishloq aholisi oʻrtasida kitobxonlik targʻiboti olib borildi.
Mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, iste’dodlarini namoyon etish hamda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating
Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube