🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
🌿📚 Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari har haftaning payshanba kuni o'tkaziladigan "Yoshlar kuni" loyihasi doirasida 👨🌾🌱 "Yosh fermerlarni qo'llab-quvvatlash kuni" munosabati bilan Xonqa tumani Guliston mahallasida joylashgan Madaminova Gulmira nomidagi "Gulmira" fermer xo'jaligiga tashrif buyurdilar.
🍎🌳 Tashrif davomida fermer xo'jaligidagi bog'dorchilik va 🐟 baliqchilik faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🤝 Suhbat davomida yosh fermerlarning mehnati, erishayotgan yutuqlari va qishloq xo'jaligini rivojlantirish borasidagi tajribalari e'tirof etildi.
🌾✨ Bunday uchrashuvlar yoshlarni mehnatsevarlikka, tadbirkorlikka va yurt ravnaqiga munosib hissa qo'shishga ruhlantiradi.
#YoshlarKuni #YoshFermer #XonqaAKM #GulmiraFermerXo'jaligi #Bog'dorchilik #Baliqchilik