— 16.07.2026

XONQA TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI XODIMLARI YOSH TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR

👁 33 marta ko'rilgan

1 / 4

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

🌟 XONQA TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI XODIMLARI YOSH TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR

📚 Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan har payshanba kuni o'tkazilayotgan "Yoshlar kuni" loyixasi doirasida yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, ularning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda kitobxonlik va ma'naviyatni targ'ib etish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

🪑 Uchrashuv davomida yosh tadbirkor Hajiyev Otabekga qarashli "Safra mebellari" oilaviy korxonasiga tashrif buyurildi. Korxonada zamonaviy uslubdagi sifatli mebellarni ishlab chiqarish jarayoni, ustalarning mehnati hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi tajribalar bilan yaqindan tanishildi.

🧵 Shuningdek, Matkarimov Abdulla va Bobajonova Zaynabjon faoliyat yuritayotgan oilaviy tikuvchilik sexiga tashrif ham buyurib, tikuvchilik yo'nalishidagi ish jarayonlari, yaratilgan ish o'rinlari va mahsulotlar ko'zdan kechirildi. Yosh tadbirkorlar o'z faoliyati davomida orttirgan tajribalari, kelgusidagi rejalari hamda erishgan yutuqlari haqida so'zlab berdilar.

💬 Uchrashuv davomida yoshlar bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunarga qiziqishni oshirish, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o'rni hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan samimiy muloqot o'tkazildi.

🤝 Bunday uchrashuvlar yoshlarni yangi g'oyalar sari ruhlantirish, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, mehnatsevarlik va tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✨ Yoshlar — kelajagimiz bunyodkorlari, ularning har bir yutug'i yurtimiz taraqqiyotiga qo'shilgan munosib hissadir!

← Ro'yxatga qaytish