— 09.07.2026

📍 "Yoshlar kuni" doirasida ma'rifiy sayohat tashkil etildi.

👁 34 marta ko'rilgan

1 / 5

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

📍 "Yoshlar kuni" doirasida ma'rifiy sayohat tashkil etildi.

Iyul–avgust oylari davomida har payshanba kuni o'tkazilayotgan "Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Xonqa tumani Axborot-kutubxona direktori boshchiligida kutubxona xodimlari va yoshlari uchun ma'rifiy sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga tashrif buyurib, mustabid tuzum davrida qatag'on qurboni bo'lgan ajdodlarimizning hayoti, ularning Vatan ozodligi va istiqloli yo'lidagi fidokorona kurashi hamda tarixiy haqiqatlarni yorituvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Muzey yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, tarixiy xotiraga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg'ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur ma'rifiy sayohat yoshlarning tarixiy xotirasini boyitish, milliy o'zlikni anglash va yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosiga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

#YoshlarKuni #Ma'rifiySayohat #QatagonQurbonlariXotirasi #UrDU #XonqaAKM #Yoshlar

← Ro'yxatga qaytish