🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
"Kitob bilan ulg‘aygan baxtli bolalik"
🏢 Xonqa tuman Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar ishtirokida "Kitob bilan ulg‘aygan baxtli bolalik" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🕹 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, oilada ona va bola birga kitob mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida kitobning inson kamolotidagi o‘rni haqida suhbatlar tashkil etildi, qiziqarli savol-javoblar, topqirlik o‘yinlari va ijodiy chiqishlar o‘tkazildi.
Shuningdek, bolajonlar ijrosidagi quvnoq raqslar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
📚 Faol ishtirok etgan yosh kitobxonlar rag‘batlantirilib, barchaga mutolaani hayot tarziga aylantirish tavsiya etildi.