— 29.06.2026

Oromgohdan gapiramiz🗣

👁 21 marta ko'rilgan
Oromgohdan gapiramiz🗣
Oromgohdan gapiramiz🗣
Oromgohdan gapiramiz🗣
Oromgohdan gapiramiz🗣
Oromgohdan gapiramiz🗣
1 / 5

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

Oromgohdan gapiramiz🗣

Xonqa tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan "Sogʻlom avlod" oromgohida dam olayotgan oʻquvchilar ishtirokida 🧠"Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

Qiziqarli va aqlni charxlovchi savollarga boy kechgan bahs davomida ishtirokchilar oʻz bilimlari, mantiqiy fikrlashi hamda zukkoliklarini namoyon etdilar. Oʻyin oʻquvchilarda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishni oshirish, jamoaviy hamkorlik va erkin fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi. 📚🧠

← Ro'yxatga qaytish