🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
📚🎓 “BILIM VA CHAQQONLIK” BELLASHUVI
✨ Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida Urganch davlat universiteti hamda 2-son Pedagogika texnikumining Kompyuter grafikasi va dizayn yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Bilim va chaqqonlik” bellashuvi hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🎓👩🎓 Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etildi.
🧩❓📖 Bellashuv davomida talabalar turli interfaol o‘yinlar, qiziqarli savol-javoblar va mantiqiy topshiriqlarda faol ishtirok etib, o‘z bilimlari, topqirligi va chaqqonligini namoyon etdilar.
🌟💡📚 Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlarni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan fikrlar bildirildi.
🤝✨🎯 Tadbir qizg‘in bahs-munozaralar, ko‘tarinki kayfiyat va do‘stona muhitda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
📚🌈🏆 Bilimli yoshlar — yurt kelajagi, chaqqon yoshlar — taraqqiyot kafolati!