— 08.06.2026

📚✨ “Bolalar kulgusi – dunyo bezagi”

👁 38 marta ko'rilgan
📚✨ “Bolalar kulgusi – dunyo bezagi”
📚✨ “Bolalar kulgusi – dunyo bezagi”
📚✨ “Bolalar kulgusi – dunyo bezagi”
📚✨ “Bolalar kulgusi – dunyo bezagi”
1 / 4

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

📚✨ “Bolalar kulgusi – dunyo bezagi”

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Sog‘lom avlod bolalar oromgohida “Bolalar kulgusi – dunyo bezagi” mavzusida kitobxonlik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida bolalarning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida turli badiiy adabiyotlar tavsiya etildi. Oromgoh ishtirokchilari o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr almashib, qiziqarli savol-javoblar va kitobxonlik suhbatlarida faol qatnashdilar.

Bunday tadbirlar yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

← Ro'yxatga qaytish