🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
🎉 BOLALARGA BERING DUNYONI!
📅 Bugün, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida “Bolalarga bering dunyoni” mavzusida ko‘tarinki ruhda adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.
✨ Bayram tadbirida tumandagi 13-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti
DMTT “Qaldirg‘och” guruhi tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etishdi.
🎶 Bolajonlar tomonidan katta quvonch va hayajon bilan ijro etilgan 📜 shodiyona she’rlar,🎵 yangroq kuy-qo‘shiqlar,💃 bir-biridan jozibali raqslar barchaga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.
🎮 Shuningdek, kutubxona xodimlari tomonidan tashkil etilgan qiziqarli o‘yinlar va ko‘ngilochar shartlar mitti qatnashchilarning faolligini yanada oshirib, tadbirni yanada jonlantirdi.
🎁 Tadbir yakunida jajji bolajonlarga Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbiri barcha ishtirokchilarda unutilmas va yorqin taassurotlar qoldirdi! 😊🎈
#XonqaAKM #1Iyun #BolalarKuni