— 20.05.2026

“Quyonlar saltanati” nomli kitobi taqdimoti

👁 46 marta ko'rilgan

1 / 5

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

🏢 Xonqa tuman Axborot-kutubxona markazida bolajon kitobxonlar ishtirokida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Quyonlar saltanati” nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida kutubxonachi tomonidan asarning mazmun-mohiyati, qiziqarli voqealari hamda kitobning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

Taqdimotda oʻquvchilar kitob qahramonlari, voqealar rivoji va asardan olgan taassurotlari haqida oʻz fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, bolajonlar uchun savol-javoblar va qiziqarli suhbatlar tashkil etildi.

📚 Tadbir kitobxonlarda mutolaa madaniyatini oshirish, badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishni kuchaytirish hamda yosh avlodni kitobsevarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

✨ “Quyonlar saltanati” kitob taqdimoti ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularni yangi kitoblarni mutolaa qilishga undadi. Tadbirda faol ishtirok etgan kitobxonlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

← Ro'yxatga qaytish