— 30.04.2026

📢 AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

👁 130 marta ko'rilgan
📢 AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
📢 AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
📢 AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
📢 AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
📢 AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
1 / 5

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

📢 AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida foydalanuvchilarni catalog.unicat.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tizimdan samarali foydalanish mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida markaz AKT xizmati xizmat rahbari quyidagi mavzular:

📚 catalog.unicat.uz tizimida foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish tartibi

💻 tizimdan to‘g‘ri va samarali foydalanish usullari

🔐 markazning ijtimoiy tarmoqlarida kiberxavfsizlik masalalari

bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdi.

Tadbirda markaz xodimlari faol ishtirok etib, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdi hamda o‘zaro tajriba almashdilar.

📌 Ushbu seminar kutubxona xizmatlarini yanada raqamlashtirish va foydalanuvchilarga qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

#Xonqa_AKM #Seminar #CatalogUnicat #KiberXavfsizlik #Raqamlashtirish

Telegram (https://t.me/xonqaAKM)|Instagram (https://www.instagram.com/xonqa_akm/)|Facebook (https://www.facebook.com/Xonqatakm1/)|Tvitter (https://x.com/Xonqa_takm)|WebSite (https://xonqatakm.uz/)

← Ro'yxatga qaytish