🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
"So‘zlari qalblarga muhrlangan shoir"
Bugun Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida O‘zbek xalqining ardoqli shoiri, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida:
29 - sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi O‘quvchilar shoirning ona yurt, sevgi va sadoqat haqidagi otashin she’rlarini mahorat bilan ijro etishdi;
Shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi;
Muhammad Yusuf qalamiga mansub qo‘shiqlar yangrab, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
"Vatanim deb, xalqim deb yashagan shoirning nomi hech qachon unutilmaydi. Uning sodda va samimiy misralari bugun yosh avlod qalbida vatanparvarlik hissini uyg‘otmoqda."
#MuhammadYusuf72 #Ma’naviyat #29Maktab #XotiraAbadiy