— 09.01.2026

Dolzarb 90 kunlik

👁 32 marta ko'rilgan
Dolzarb 90 kunlik
Dolzarb 90 kunlik
Dolzarb 90 kunlik
Dolzarb 90 kunlik
1 / 4

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

Xonqa tumani IIB boshlig’i va uning o’rinbosarlari tomonidan biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o`tkazilib, yoshlarni bandlikini ta’minlash, tibbiy ko`rikdan o`tkazish, huquqiy savodhonligini oshirish borasida chora tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek ma’sul rahbarlar tomonidan huquq buzarlig va takror jinoyat sodir etilishlarini oldini olish yuzasidan profilaktik suhbat o’tkazildi.

Bundan tashqari tadbir davomida kitob yarmarkalari, kitob taqdimotlari tashkil etildi.

Hamda siyosiy qatag`on qurbonlarining faoliyati va o’lkashunoslik muzeyi to`g`risida Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ma’lumotlar berib o’tildi.

Yoshlar ishlar agentligi Xonqa tumani bo`linmasi tomonidan Yoshlarning qiziqishlari va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularga har tomonlama yordam berish bo'yicha chora tadbirlar rejasi to'g'risida ma'lumot berib o'tishdi.

IIB xodimlari yoshlar bilan shaxsan muloqot qilib, ularning muammolarini tingladilar, huquqiy maslahatlar berdilar. Yoshlar o’rtasida giyohvandlikni oldini olish va ushbu illatga rujuv qo’ymasliklari maqsadida videoroliklar ham namoyish etildi.

Telegram (https://t.me/xonqaAKM)|Instagram (https://www.instagram.com/xonqa_akm)|Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61563674325373)|Tvitter (https://x.com/Xonqa_takm)|Websayt (https://xonqatakm.uz/news/yoshlar-bilan-uchrashuv/)

← Ro'yxatga qaytish