— 16.04.2026

🏛 XONQA TUMANIDA KITOB TAQDIMOTI VA MA’NAVIY UCHRASHUV

👁 39 marta ko'rilgan

1 / 6

🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing

🏛 XONQA TUMANIDA KITOB TAQDIMOTI VA MA’NAVIY UCHRASHUV

Xonqa tuman axborot-kutubxona markazida o‘zgacha shukuh hukm surdi. Raimboy Sherjanov va Jasurbek Mahmudovning «Pahlavon Mahmud — saxovat maslagi peshvosi» nomli yangi kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi.

📋 Tadbir tafsilotlari:

Kutubxona mutaxassislari yangi kitobning mazmun-mohiyati, Pahlavon Mahmudning boy merosi va uning saxovat yo‘lidagi ibratli hayoti haqida keng qamrovli ma’lumotlar berdilar.

27-sonli maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan maxsus sahna ko‘rinishlari barchaning e’tiborini tortdi. O‘quvchilar Pahlavon Mahmud siymosini mahorat bilan gavdalantirib, ajdodimizning mardlik va saxovat tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan chiqishlarini namoyish etishdi.

Tadbirda Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Ular so‘zga chiqib, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va vatanparvarlikni targ‘ib qilishning ahamiyatini ta’kidladilar.

✨ Kitob — insonni komillikka yetaklaydi. Ma’naviyat maskanimizga tashrif buyuring va yangi asarlar bilan tanishing!

📍 Manzil: Xonqa tuman axborot-kutubxona markazi.

#Xonqa #KitobTaqdimoti #PahlavonMahmud #Ma’naviyat #Maktab27 #KutubxonaHayoti #YangiKitoblar #Vatanparvarlik

← Ro'yxatga qaytish