🔍 Rasmni to'liq ko'rish yoki yuklab olish uchun ustiga bosing
📖 KITOBXONLIK HAFTALIGI: ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT!
✨ Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazining shinamgina "Bolalar xonasi" bugun mo‘jizalarga to‘ldi! "Kitobxonlik haftaligi" doirasida tashkil etilgan navbatdagi tadbirimiz jajji kitobxonlarni sehrli ertaklar olamiga yetakladi.
🎭 Tadbir davomida bolajonlar:
O‘zlari yoqtirgan ertak qahramonlari bilan tanishdilar;
Qiziqarli savol-javoblar va intellektual o‘yinlarda qatnashdilar;
Yangi chop etilgan rang-barang ertak kitoblarini mutolaa qildilar.
Bundan tashqari jajji bolajonlar o'zlarining sevimli ertak qaxramonlarini rasmlarini chizishdi.
🌟 Maqsadimiz: Bolajonlarning kitobga bo‘lgan mehrini uyg‘otish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdir. Kitob bilan do‘stlashgan bola albatta yuksak cho‘qqilarga erishadi!
#KitobxonlikHaftaligi #ErtaklarOlamida #XonqaAKM #Mutolaa #BolalarKutubxonasi