“Zakovat” intellektual o‘yini
📚 Xonqa tumani Axborot kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi 🧠
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida navbatdagi “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbirda tumanimizdagi 5-son va 27-son umumta’lim maktablarining zukko, faol hamda kitobsevar o‘quvchilari ishtirok etishdi. Ular o‘z bilimi, topqirligi va tafakkuri bilan bellashib, zakovatli javoblari orqali tomoshabinlarga ijobiy kayfiyat ulashdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
📖 Bunday tadbirlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, bilimga chanqoqligini rag‘batlantirish hamda ularni ijodkorlik va tafakkur sari undashga xizmat qiladi.