"Yoshlar - yangi Oʻzbekiston tayanchi"
🎗30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida faol kitobxonlar va talaba-yoshlar ishtirokida "Yoshlar - yangi Oʻzbekiston tayanchi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
🎊Tadbirda kutubxonada amaliyot o'tayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Filologiya va san'at fakulteti talabalari tamonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, sahna ko'rinishlari va chiroyli raqslar namoyish etildi.
🪅Tadbir davomida Xonqa tumani yoshlar yetakchilari, yoshlar oyligi munosabati bilan kutubxonada amaliyot o'tayotgan barcha talabarlani tabrikladilar.
🎯Kutubxona xodimlari ham 30-iyun Yoshlar kuni va yoshlar oyligi bilan barcha yoshlarni tabrikladilar hamda kutubxonada amaliyot o'tayotgan talabalarning keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tilashdi.
Bugungi tadbirda ko'plab qiziqarli shartlarga boy o'yinlar o'tkazilib, ishtirokchilarga ko'tarinki ruh bag'ishladi.