Tadbirlar

📚🇺🇿 “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

30.03.2026
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi
28 marta ko'rilgan
Ulashing:
📚🇺🇿 “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Asosiy rasm

📚🇺🇿 “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i hamda DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Xonqa tumanida yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mutasaddi rahbarlar hamda Xonqa tumani hokimi “Yoshlar kuni” munosabati bilan Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan kitob yarmarkasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, talabalar ishtirokida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini bevosita kuzatildi.

Tadbirda yoshlarga kitob mutolaasi orqali yuksak ma’naviyatga erishish, bilimli va yetuk kadrlar bo‘lib shakllanish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

🔍 Shu bilan birga, yoshlar bilan ishlash jarayonlari manzilli o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

✨ Yoshlar — kelajagimiz poydevori!
📖 Kitob o‘qing, bilim oling, yuksaling!

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.

Mashhur yangiliklar
Yangiliklarga obuna bo'ling

Eng so'nggi yangiliklar va e'lonlardan xabardor bo'lish uchun obuna bo'ling.