Tadbirlar

Yoshlar bilan uchrashuv

09.01.2026
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi
27 marta ko'rilgan
Ulashing:
Yoshlar bilan uchrashuv
Asosiy rasm

🇺🇿Xonqa tumani IIB boshlig’i va uning  o’rinbosarlari tomonidan biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o`tkazilib, yoshlarni bandlikini ta’minlash, tibbiy ko`rikdan o`tkazish, huquqiy savodhonligini oshirish borasida chora tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek ma’sul rahbarlar tomonidan huquq buzarlig va takror jinoyat sodir etilishlarini oldini olish yuzasidan profilaktik suhbat o’tkazildi. 

Bundan tashqari tadbir davomida kitob yarmarkalari, kitob taqdimotlari tashkil etildi. 

Hamda  siyosiy qatag`on qurbonlarining faoliyati va o’lkashunoslik muzeyi to`g`risida Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari  tomonidan ma’lumotlar berib o’tildi.

Yoshlar ishlar agentligi Xonqa tumani bo`linmasi tomonidan  Yoshlarning qiziqishlari va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularga har tomonlama yordam berish bo'yicha chora tadbirlar rejasi to'g'risida ma'lumot berib o'tishdi.

IIB xodimlari yoshlar bilan shaxsan muloqot qilib, ularning muammolarini tingladilar, huquqiy maslahatlar berdilar. Yoshlar o’rtasida giyohvandlikni oldini olish va ushbu illatga rujuv qo’ymasliklari maqsadida videoroliklar ham namoyish etildi.

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.

Mashhur yangiliklar
Yangiliklarga obuna bo'ling

Eng so'nggi yangiliklar va e'lonlardan xabardor bo'lish uchun obuna bo'ling.