" Xorazmda jadidchilik: siyosat adabiyot sanʼat va madaniyatda:" kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.
Xonqa tuman Axborot kutubxona markazida " Infolib 2025 XIV Milliy Axborot kutubxona haftaligi doirasidagi tadbirlarimiz davom etmoqda.
Bugungi tadbirimizni Sharqiya Eshjanovaning " Xorazmda jadidchilik: siyosat adabiyot sanʼat va madaniyatda:" kitob taqdimoti bilan davom qildik.
Tadbirda Xonqa tuman Nuroniylar jamgʻarmasi bir guruh fidoiy nuroniylari, tuman maktab psixologlari faol qatnashishdi.
Tadbirni Xonqa tuman Nuroniylar jamgʻarmasi faol nuroniylaridan biri Muhammedov Abdirim ota ochib berdi.
Xonqa tuman Axborot kutubxona markazi direktori Xadicha Avezova soʻzga chiqib tadbirga kelgan mehmonlarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.