Tadbirlar

Xonqada “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi!

13.04.2026
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi
52 marta ko'rilgan
Ulashing:
Xonqada “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi!
Asosiy rasm

Mazkur ma’naviyat bayrami O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi asosiy tadbirlar bilan bir vaqtda Xorazm viloyatining barcha tumanlarida, xususan, bizning Xonqa tumanimizda ham ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Ochilish marosimida Xonqa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari - I.Xodjayev:  “Bizning maqsadimiz — Xonqa tumanini nafaqat mehnatsevarlar, balki haqiqiy kitobxonlar maskaniga aylantirishdir. Haftalik davomida kutubxonamiz eshiklari barcha ilmga chanqoq yurtdoshlarimiz uchun ochiq bo‘ladi,” — deya ta’kidladi.

Tadbirning ochilish qismida mahalliy hokimiyat vakillari, tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi mas’ullari, faxriy ijodkorlar hamda kitobxon yoshlar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar haftalikning yosh avlod ma’naviy kamolotida, xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirishda tutgan o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidladilar.

Kitob haftaligidan ko‘zlangan asosiy maqsad tuman aholisi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish.

Haftalik doirasida Xonqa tumanida kutilayotgan tadbirlar:

Ijodiy uchrashuvlar: Xonqalik taniqli shoir va yozuvchilar bilan "Adib va yoshlar" uchrashuvlari.

Mahorat darslari: Kitob mutolaasi va tahlili bo‘yicha seminar-treninglar.

Kitob ko‘rgazmalari: "Yilning eng yaxshi kitoblari" va "Xorazm ijodkorlari olami" mavzusidagi ko‘rgazmalar.

Intellektual o‘yinlar: Yosh kitobxonlar o‘rtasida "Zukkolar davrasi" viktorinalari.
Xonqa tumani axborot-kutubxona markazi direktori tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, haftalik dasturi rang-barang tadbirlarga boy bo‘lishini ma’lum qildi.

Siz ham haftalik tadbirlarida faol ishtirok eting va ma’naviy olamingizni boyiting!
 

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.