Xonqa tumanida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
📚✨ Xonqa tumanida kitob yarmarkasi tashkil etildi
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida keng ko‘lamli kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada turli yo‘nalishlardagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda o‘quv adabiyotlari namoyish etilib, kitobxonlar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Ayniqsa, yoshlar tomonidan kitoblarga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lib, ular o‘zlari uchun zarur bo‘lgan asarlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
📖 Tadbir davomida:
— Zakovat intellektual o'yini o‘tkazildi
— kitobxonlar bilan jonli muloqotlar tashkil qilindi
— mutolaa madaniyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi
Yarmarka mehmonlarda katta taassurot qoldirib, yoshlarni kitobga oshno etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌟 Kitob — tafakkur manbai, ma’naviyat kaliti!