“Xalqimiz qalbida mangu yashaysiz”
Xonqa tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari ishtirokida 30-yanvar — O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov hotirasiga bag‘ishlangan “Xalqimiz qalbida mangu yashaysiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning hayoti va sermazmun faoliyati, mustaqil davlatimizni barpo etish yo‘lidagi fidokorona mehnatlari, xalqimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lidagi xizmatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. O‘quvchilarga Birinchi Prezidentning boy siyosiy va ma’naviy merosi, asarlari hamda ularning bugungi kun yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida Islom Abdugʻaniyevich Karimovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar, risolalar va turli axborot manbalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etilib, ishtirokchilarga mazkur adabiyotlar yuzasidan sharhlar berildi.