🇺🇿“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun”
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun”.
Shiori ostida Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida Xonqa tumani Nuroniylar jamg'armasi bilan hamkorlikda 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Mustaqillik buyuk ne'mat va erkinlikdir" mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
✅Tadbirni Xonqa tumani hokimi o'rinbosari D.Abdullayev ochib berdi.
🎉Bayram tadbirida kutubxona xodimlari va faol kitobxonlar tomonidan vatanimizni madh etuvchi she'rlar, kuy navolar, jadidlarimiz hayoti va ijodi aks ettirilgan sahna chiqishlari ijro etildi.
🥋Sportchi yoshlarimiz ham o'zlarining mahoratlarini namoyish etishdi.
🎗Bayram tadbirimizda ko'p yillar davomida tumanimizda mehnat faoliyati olib borgan faxriy nuroniylar va faol kitobxonlar ishtirok etishdi.
🏛Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi direktori X.Avezova, mustqillik buyuk ne'mat, uni asrash har birimizning burchimiz deya fikr bildirib o'tdilar!
🇺🇿Mustaqilligimizning 34 yilligi barcha yurtoshlarimizga muborak bo'lsin!