Ulugʻbek Xamdamning “Ota” nomli yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
"INFOLIB OʻZBEKISTON–2025" XIV Milliy axborot–kutubxona haftaligi yakunlandi.
Bugun Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida "Infolib Oʻzbekiston–2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali yopilish marosimi hamda taniqli yozuvchi Ulugʻbek Xamdamning “Ota” nomli yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Adabiyot ixlosmandlari uchun katta tuhfa bo‘lgan “Ota” asari taqdimoti o‘tkazilib, kitobdagi qiziqarli voqealar, obrazlar va muallifning hayotiy falsafasi haqida maʼlumot berildi.
Kitobxonlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, muallif ijodiga doir savollariga javob oldilar.
Tadbir badiiy chiqishlar, kitobxon yoshlarning ijodiy ko‘rinishlari va iliq muloqotlar bilan davom etdi.
Tadbir davomida haftalik doirasida amalga oshirilgan ishlarga yakuniy nazar tashlandi, faol kutubxonachilar, kitobxon yoshlar hamda tashkilotchilarga minnatdorlik bildirildi.