Tadbirlar

"Sog'lom avlod" bolalar yozgi oromgohida kitob taqdimoti o'tkazildi.

24.09.2025
AKT xizmati
68 marta ko'rilgan
Ulashing:
"Sog'lom avlod" bolalar yozgi oromgohida kitob taqdimoti o'tkazildi.
Asosiy rasm

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlaridan "Sog'lom avlod" bolalar yozgi oromgohida kitob taqdimoti o'tkazildi.

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Sog'lom avlod" bolalar yozgi oromgohida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi  X. Toʻxtaboyevning mashhur asari — "Besh bolali yigitcha" kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Kitob taqdimoti davomida bolalarga asarning mazmuni, undagi ijtimoiy g‘oyalar, vatanparvarlik, do‘stlik va oila qadriyatlari haqidagi g‘oyalar yoritib berildi. Kitobxonlik targ‘iboti orqali bolalarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga undash maqsad qilingan.

Oromgoh ishtirokchilari yozuvchi hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishib, savol-javoblar orqali faol ishtirok etdilar. Kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan ushbu tadbir bolalarda kitob o‘qishga mehr uyg‘otdi.

AKT xizmati

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.

Mashhur yangiliklar
Yangiliklarga obuna bo'ling

Eng so'nggi yangiliklar va e'lonlardan xabardor bo'lish uchun obuna bo'ling.