Tadbirlar

"Sogʻlom avlod" yozgi oromgohida yangi kitoblar koʻrgazmasi va qiziqarli viktorina tashkil etildi.

24.09.2025
AKT xizmati
28 marta ko'rilgan
Ulashing:
"Sogʻlom avlod" yozgi oromgohida yangi kitoblar koʻrgazmasi va qiziqarli viktorina tashkil etildi.
Asosiy rasm

Oromgohdan🤗 gapiramiz!

"Sogʻlom avlod" yozgi oromgohida yangi kitoblar koʻrgazmasi va qiziqarli viktorina tashkil etildi

Yozgi ta’til fasli – bolalar uchun nafaqat hordiq chiqarish, balki yangi bilimlar olish va ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun ham eng yaxshi davrdir.

Tadbir davomida oromgohda dam olayotgan bolalar uchun yangi adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Unda badiiy, ilmiy-ommabop, ertak va sarguzasht janrlaridagi yangi kitoblar namoyish qilindi. Ko‘rgazmadagi har bir asar haqida kutubxona mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Ko‘rgazmadan so‘ng esa bolalar ishtirokida "Kitob – bilim kaliti" shiori ostida qiziqarli savol-javoblar asosida viktorina o‘tkazildi. Ushbu intellektual o‘yin orqali bolalar oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi, yangi faktlar bilan tanishishdi va oʻzaro raqobat muhitida tafakkur qilishni oʻrgandilar.

AKT xizmati

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.

Mashhur yangiliklar
Yangiliklarga obuna bo'ling

Eng so'nggi yangiliklar va e'lonlardan xabardor bo'lish uchun obuna bo'ling.