Tadbirlar

“Shoirning shonli yuragi”

13.12.2025
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi
48 marta ko'rilgan
Ulashing:
“Shoirning shonli yuragi”
Asosiy rasm

O`zbekiston yozuvchilari va jurnaslistlari uyushmasi,Xonqa tumani hokimligi, Xonqa hayoti gazetasi, Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda ma’rifat va ma’naviyat nuriga to‘la ushbu maskanda, xalqimiz sevimli ijodkori, bolalarning mehribon do‘sti, samimiy she’rlari bilan qalblarga iliqlik baxsh etgan. O`zbekiston yozuvchilari uyushmasi a`zosi, Respublikada xizmat ko`rsatgan jurnalist,  Taniqli bolalar shoiri, Ollabergan Po`latov  - tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Shoirning shonli yuragi” nomli xotirasiga bag'sihlangan xotira kechasi bo'lib o'tadi. 

Ollabergan Po‘latov — faqatgina bolalar shoiri emas, balki yosh avlodni ezgulikka, mehr-oqibatga, orzu va umidga chorlagan ulkan ustoz edi. Uning ijodi — bolalikning beg‘ubor dunyosini, tabiatning go‘zalligini, insoniy fazilatlarni ulug‘lagan bebaho merosdir. Shoirning har bir satri, har bir misrasi bolalar dunyosiga quvonch hadya qilgan, ularning tasavvurini boyitgan, ma’naviy olamiga yorug‘lik olib kirgan.

Bugungi xotira kechamiz — ustozning nurli xotirasiga bo‘lgan chuqur ehtirom, uning yurtimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi xizmatlarini e’tirof etishdir. Zero, xalqimiz farzandlariga mehr bilan ijod qilgan, yosh avlodning tarbiyasiga umrini bag‘ishlagan bunday ijodkorlar xotirasi doimo ardoqlidir.

Xotira kechamizni Xonqa tumani hokimining o`rinbosari Maxmudbek Sapayev ochib berar ekanlar Ollabergan Po`latovning qilgan mehnatlari va yozgan she’rlari hech qachon xalqimiz va tumanimiz qalbidan o’chmaydi deya fikr bildirib o’tdilar.

Ustozning 90 yillik yubileyi — adabiyotimiz tarixidagi muhim sana. Shu munosabat bilan tadbir davomida shoirning hayoti va ijodi, uning qoldirgan bebaho merosi haqida so‘z yuritildi. 

35-son umum-ta’lim maktabi o`quvchilari Ollabergan Po`latovning  she’rlari aytishadi. 1-son MTT shoirning “Jip-jip jo‘jalarim” she’ridan yaratilgan “Jip-jip jo‘jalarim” qo‘shig‘iga raqs ijro etishdi. 41-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari shoirimizning mashhur “Hakim va Badnafs shoh” ertak-dostonidan sahna ko‘rinishini namoyish etadilar. 

Bundan tashqari Xonqa tumani madaniyat bo’limi va shoirning nevaralari tomonidan shox kuy va qo’shiqlar ijro etildi.

Xotira kechasida Ollabergan Po`latovning do’stlari,yaqinlari, oila a’zolari, shogirdlari shoirimiz haqida o’z xotiralarini tadbir ishtirokchilariga ulashishdi

Ushbu tadbir orqali biz yosh kitobxonlar qalbida she’riyatga mehr uyg‘otishni, adiblarimiz merosiga hurmat ruhini mustahkamlashni, milliy adabiyotimizning bebaho durdonalarini keng targ‘ib etishni maqsad qildik.

 Ishonamizki, shoirning yorqin yodi, hikmatli so‘zlari, beg‘ubor she’rlari hali uzoq yillar davomida yangi avlodni tarbiyalaydi, ularga ilhom va ma’naviy kuch bag‘ishlaydi.

 
Ollabergan Po‘latov ibratli hayoti, samimiy she’rlari bilan millionlab bolalarning mehrini qozongan ijodkordir.

 

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.

Mashhur yangiliklar
Yangiliklarga obuna bo'ling

Eng so'nggi yangiliklar va e'lonlardan xabardor bo'lish uchun obuna bo'ling.