"O‘zbek adabiyoti xazinasida"kitobi taqdimoti
Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish hizmati mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusiga asosan "O‘zbek adabiyoti xazinasida" deb nomlangan 200 jildlik kitoblar majmuasi tahriri ostida yangi nashrdan chiqqan yangi kitoblarning taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida mutaxassislar tomonidan asrlar davomida to'plangan boy va bebaho adabiy merosimizni asrab-avaylash, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o'rtasida keng ommalashtirish orqali ularning intellektual salohiyatlarini yanada oshirish, shuningdek jamiyatda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilish ekanligi ta'kidlab o'tildi.
Shuningdek tadbirda Xonqa tuman faol nuroniylari, tuman yoshlar yetakchilari madaniyat hodimlari, va faol kitobxonlar ishtirok qildilar.
Ushbu nashr mamlakatimizdagi Oliy ta'lim muassasalari, axborot-kutubxona markazlari va umumta'lim maktablariga taqdim qilinishi bilan e'tiborga molikdir.