“O‘z kasbining fidoyisi”
Kutubxonada yuksak ruhda o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida bir qator fidokor insonlar mehnati munosib qadrlanib, esdalik nishonlari topshirildi.
Tadbir uch qismdan iborat bo‘lib, har bir qismda o‘z sohasida alohida iz qoldirgan faxriylar yodga olindi va e’tirof etildi.
🏅🎗“O‘z kasbining fidoyisi” — Musayeva Muyassar opa
Tadbir avvalida uzoq yillar kutubxona sohasida fidokorona mehnat qilib kelgan, yoshlarga ma’rifat eshigini ochgan, o‘z kasbining chinakam fidoyisi bo‘lgan Musayeva Muyassar opa tantanali ravishda “O‘z kasbining fidoyisi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Nuroniylar, kutubxona jamoasi va mahalla faollari o‘z nutqlarida Muyassar opaning halol mehnati, mehribonligi va ma’rifat targ‘ibotiga qo‘shgan beqiyos hissasini alohida ta’kidlashdi. Nishon topshirilishi tadbir ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi.
Bekposhsha Rajabova — 🏅🎗“Eng yaxshi xizmatlari uchun”
Tadbirning ikkinchi qismida jamiyat hayotida faol ishtirok etib, doimo ezgulik yo‘lida xizmat qilib kelayotgan, mahalladoshlarga ko‘makchi va tayanch bo‘lgan Bekposhsha Rajabova “Eng yaxshi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Uning jamoatchilik faoliyati, insonlarga yordam qo‘lini cho‘zishi, mahalladagi ijtimoiy muhitni mustahkamlashdagi hissasi qatnashchilar tomonidan e’tirof etildi. Taqdirlash jarayoni iliq taassurotlar va olqishlar ostida o‘tdi.
Ro‘zimatov Qadamboy aka — 🎖🎗“Milliy iftixor”
Tadbirning yakuniy qismida jamiyatda obro‘-e’tibor qozongan, Vatan ravnaqi, mahalla taraqqiyoti va yoshlar tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan hurmatli nuroniy Ro‘zimatov Qadamboy aka “Milliy iftixor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
U kishining yillar davomida qilgan ezgu ishlari, nurli o‘gitlari va mahallaga qo‘shgan hissasi yuqori baholanib, yoshlar uchun ibrat maktabi ekani alohida qayd etildi.
Bugungi taqdirlash marosimi fidoyilik, halollik va mehnat qadrlanishini namoyish etdi.
Har bir taqdirlangan inson jamiyatimizda ezgulik urug‘ini sochib kelayotgan chinakam fidoyilardir.
Kutubxona jamoasi bunday uchrashuvlar yoshlar tarbiyasida, ma’naviy yuksalishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.